“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:40
ЎЗO‘Z

IIVning rasmiy bayonoti: «Millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar»

25 sen, 19:58 2 602 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIVning rasmiy bayonoti: «Millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar» Shu yilning 12 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi ikki nafar fuqaro o‘rtasida janjal chiqqanligi haqidagi video tarqaldi.

Holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rilib, bu haqda jamoatchilik xabardor etilgan.

«Biroq, hozirda shunday vaziyat kuzatilmoqdaki, ayrim shaxslar va ijtimoiy tarmoq faollari mazkur maishiy ziddiyatni millatlararo nizo sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar», deyiladi IIV bayonotida.

Qayd etilishicha, ushbu maishiy nizo ayrim destruktiv kayfiyatdagi fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan xuddiki millatchilik asosiga egadek ko‘rsatib tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasining «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bevosita buzilishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga ega.

Fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar faqat huquqiy tartibda hal etiladi.

IIV milliy, irqiy, etnik yohud diniy masalalarda adovatni qo‘zg‘atuvchi axborotlarni tarqatish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 69
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 118
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar