“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:43
ЎЗO‘Z

Tabiiy ofat tufayli zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

25 sen, 13:03 1 329 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tabiiy ofat tufayli zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari 2020 yil 1 maydan 2022 yil 1 noyabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashdan ozod etilishi belgilanyapti.

Shuningdek, loyihada Surxondaryo viloyati bo‘yicha Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida yangidan tashkil etgan holda shu hududlarda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilganidek, mamlakatimizning tabiiy ofatlar natijasida katta zarar ko‘rgan hududlardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayrim yerlari sho‘rlangan hududlarda yashovchi fuqarolarga soliq to‘lovlaridan yengilliklar yaratib berish orqali mazkur hududda yashovchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini yaxshilashga turtki bo‘ladi.

Deputatlar ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlari va aholi orasida normativ-huquqiy hujjatlar har xil talqin qilinishining oldini olishga, xorijiy investorlarni jalb qilishga, tadbirkorlik muhiti jozibadorligining oshishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 5
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar