“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:04
ЎЗO‘Z

«Sattoriy ishi» bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi

15 iyul, 15:00 3 708 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sattoriy ishi» bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi
Foto: Elmurod Muqimov / YouTube
15 iyul kuni O. Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan ajrimga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgartirildi.

Sud hukmining Termiz shahridagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboqulov Xamro Xudaymurotovich tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan «Termiz Eko Ekspress loyiha» MCHJ rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Ma’rifat” mahallasi, «Istiqlol» ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini hamda shu kuni KSH 032770 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan «Termiz Eko Ekspress loyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, «Ma’rifat» mahallasi, «Istiqlol» ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 44-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish hamda shu bilan bog‘liq «Termiz Eko Ekspress loyiha» MCHJ T.Shopulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga 234.835.000 so‘mni undirish qismi bekor qilindi va jabrlanuvchi T. Shopulatovga ushbu yuzasidan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Sud hukmining O. Sattoriy hisobidan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq 183.750 so‘m xarajatni undirish qismi bekor qilindi.

O.Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘tash muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boshlab hisoblanishi belgiladi. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 87
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 85
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar