“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:43
ЎЗO‘Z

Toshkentda IIBB xodimlariga tegishli xizmat avtomobili YTHga uchradi

12 iyul, 14:00 1 850 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda IIBB xodimlariga tegishli xizmat avtomobili YTHga uchradi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar IIBBga tegishli xizmat avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan videotasvir bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 11 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 35 yoshli A.U. xizmatdoshi safdor J.Z. bilan Nexia-2 rusumli patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.

Ular Bunyodkor shohko‘chasida «Erkin» YPX postidan poytaxt avtovokzali tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida «Chilonzor buyum savdo kompleksi» savdo kompleksi yonida oldinda harakatlanib ketayotgan va to‘satdan to‘xtagan Nexia-1 rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

YTH sababi – piyoda o‘rnatilgan qoidalarga rioya etmasdan avtomobilning oldidan chiqib qolgan va avtomobil tezkorlik bilan to‘xtashga majbur bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmagan, transport vositalari jiddiy shikastlanmagan va taraflar o‘zaro kelishib olgani sababli yo‘l-transport hodisasi haqida YPX inspektoriga xabar berilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va tomonlar o‘z yo‘nalishida harakatni davom ettirgan. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan o‘rganilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar