“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:13
ЎЗO‘Z

Issiq kunlarda qanday taomlangan ma’qul?

04 iyul, 19:23 2 663 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Issiq kunlarda qanday taomlangan ma’qul?
Kunlar tobora isib bormoqda. Jaziramada insonning ishtahasi pasayib, lohas bo‘lib borishi tabiiy hol. Ammo kuni bilan sarf qilingan energiyaning o‘rnini oziq-ovqat bilan to‘ldirib turilmasa, mehnat faoliyati sustlashib borishi mumkin. O‘z o‘rnida salomatlikni asrash uchun to‘g‘ri ovqatlanish tartibi haqida ham unutmaslik kerak. Xo‘sh, bugungi issiq kunlarda qanday taomlangan ma’qul? Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Toshkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlanish gigiyenasi va bolalar, o‘smirlar gigiyenasi kafedra professori Guli Shayxovaga murojaat qildi.

— Albatta yoz kunlari ishtaha pasayishi sababli ko‘proq ho‘l mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni xush ko‘rib iste’mol qilamiz.

Chunki bu mahsulotlarning ko‘pchiligi chanqoqni qondiradi hamda organizmni kerakli mineral moddalar va vitaminlar bilan to‘yintirib boradi. Lekin ularning kaloriyasi kam va kuni bilan sarf qilingan quvvatning o‘rnini bosa olmaydi. Organizmga esa doim oqsil moddalari zarur.

Buning uchun go‘sht va uning o‘rnini bosuvchi ba’zi (dukkakli) mahsulotlar kunlik taomnomaga kiritilishi kerak. Ammo unutmaslik kerakki, qovurilgan, yog‘li mahsulotlarning hazm bo‘lishi ancha qiyin. Shuning uchun go‘sht mahsulotlari qaynatilgan holatda bo‘lishi va umuman yengil hazm bo‘ladigan go‘shtli ovqatlarni iste’mol qilishni tavsiya qilamiz. Moshxo‘rda, mastava, qaynatma sho‘rva (yog‘siz), manpar va shunga o‘xshash yengil hazm bo‘ladigan taomlarni yeyish kerak.

Albatta, kabob (shashlik)dan hech kim voz kechmasa kerak, ammo bu taomni sabzavotdan qilingan salatlar bilan iste’mol qilish va uksus moddasini kamroq ishlatish lozim.

— Bu mavsumda ovqatlanish tartibi qanday bo‘lishi kerak?
— Yoz faslida ovqatlanish tartibini biroz o‘zgartirish lozim. Nonushta soat 7:00da qilinishi, unda oqsil, yog‘ va uglevodlar oddiy kunlardagidan nisbatan ko‘paytirilishi lozim. Masalan: sut mahsulotlari (tvorog, qaymoq, sutli choy), meva, sabzavot, suvda pishirilgan go‘sht va shunga o‘xshash mahsulotlar iste’mol qilinishi kerak.

Tushlikda yengil hazm bo‘ladigan birinchi taom, ya’ni moshxo‘rda, mastava, manpar, suvda yoki bug‘da tayyorlangan kotletlardan iborat bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.

Dasturxonimizda albatta sabzavot va mevalar, ulardan tayyorlangan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, ko‘k piyoz, ko‘katlar bo‘lishi kerak. Ho‘l mevalardan tayyorlangan sharbatlar tarkibida esa shakar imkon qadar umuman bo‘lmasligi lozim. Yozning issiq kunlarida sho‘r baliq, dudlangan go‘sht, konserva, tuzli mahsulotlarni iste’mol qilish umuman tavsiya etilmaydi, chunki ular chanqash holatini yanada kuchaytiradi.

Kechki ovqatdagi taomlar ham juda yengil hazm bo‘ladigan suyuq ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun qatiq, kefir, olma, turli sabzavotlar va shunga o‘xshash uglevodlarga boy bo‘lmagan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Sevimli mahsulotlarimiz bo‘lmish qovun va tarvuzni esa tushlik vaqtida iste’mol qilinsa yaxshi bo‘ladi, ular uglevodlarga boy, quvvat beradi va, ayniqsa, tarvuz chanqoqni bosadi.

— Yozda asosan chanqoq qiynaydi, uni qondirish uchun qanday tavsiyalar berasiz?
— Jaziramada albatta chanqoqni bosish uchun suv ichish zarur. Uni har soatda 200 ml.dan ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, qora va ko‘k choy hamda o‘tli damlamalar ham juda foydali, ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib boradi. Sog‘lom insonlar uchun kunlik iste’mol qilinadigan suvning me’yori 3 litrgacha. Yurak qon-tomir, buyrak xastaligi bor insonlarga esa ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi, bunday bemorlar shifokor nazorati ostida suyuq moddalarni ichishlari lozim.

Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, qulupnay, apelsin kiradi. Ayniqsa, yozgi taom bo‘lmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda kerakli mikroelement va vitaminlar bilan boydir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar