“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:40
ЎЗO‘Z

Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi

22 iyun, 11:39 19 837 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vaziyat keskinlashmoqda. O‘zbek-afg‘on davlat chegarasi yopildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on Davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.

Shu bilan birga, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolariga turistik vizalar berishni hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bunda «Termiz-avtoyo‘l» chegara o‘tkazish punkti orqali quyidagi toifadagi fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi:Shuningdek, «Termiz-avtoyo‘l» chegara o‘tkazish punkti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘tkazish punktida faoliyat yuritayotgan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritiladi.

Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari  esa tegishli hududda joylashgan maxsus klinikalarga davolash uchun yuboriladi. Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan chet el fuqarolari esa O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelgan barcha shaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan so‘ng 7-kuniga qadar koronavirus infeksiyasiga polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvini o‘tkazish va bunda test xarajatlarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tizimi joriy etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 0
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar