“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 17:03
ЎЗO‘Z

Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida

21 iyun, 23:00 3 513 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida
Prezident matbuot kotibi OAV uchun o‘tkazilgan an’anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, Sherzod Asadov jurnalistlardan kelib tushgan savollarga ham javob berdi.

Brifingda ishtirok etgan Amerika Ovozi jurnalisti Navbahor Imomova prezident matbuot kotibidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yishi haqida so‘radi.

Sherzod Asadov saylovga tayyorgarlik jarayoni boshlanganini, O‘zbekiston YEXHTning DIIHB missiyasini bir necha bor qabul qilgani, saylovni jahon standartlari bo‘yicha olib borishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.

«Demak, saylovoldi jarayoni start berilishiga uncha ko‘p vaqt ham qolmadi, bu – iyul oyi oxiri. Nomzodlar kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini, biz albatta mana shu muddatgacha kutishimiz kerak. Birinchi navbatda, bu har bitta nomzodning, har bir fuqaroning o‘z konstitutsiyaviy huquqi», dedi prezident matbuot kotibi.O‘zbekistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari shu yilning oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Odatga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentligi saylovlarida asosiy nomzoddan tashqari boshqa partiyalarning yetakchilari ham o‘z nomzodini ilgari suradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabridagi saylovlarda Liberal-demokratik partiyadan nomzod bo‘lgandi.

Iyun oyi boshida «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov partiya prezidentlikka o‘z nomzodini iyun oyida e’lon qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. 

Bundan tashqari, kuzdagi saylovlarda Adolat» SDP raisi Bahrom Abduhalimov, Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov va Ekologik partiya raisi Narzullo Oblomurodov ham nomzod bo‘lishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 0
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 0
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Bo‘limlar