“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

Mutaxassislar nima uchun O‘zbekistonda sabzi qimmatlashganini tushuntirdi

19 iyun, 11:00 3 228 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassislar nima uchun O‘zbekistonda sabzi qimmatlashganini tushuntirdi
O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida sabzi narxi keskin ko‘tarildi. Mutaxassislar nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib o‘tdi, deb xabar beradi «Podrobno.uz».

Hozirda poytaxt do‘konlari va bozorlarida sabzi 1 kilogramm uchun 9000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Taxminan, ikki oy oldin sabzining chakana savdodagi narxlari bundan 2—3 baravar past edi. Ammo aprel oyida yangi hosilning bozorga chiqishi va uning hajmining asta-sekin o‘sishi hech bo‘lmaganda narxlarning o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak edi.

Ushbu mavsumda sabzi narxlarining bunday «noan’anaviy» o‘zgarishining sabablari nimada? EastFruit mutaxassislarining fikriga ko‘ra, asosiy sabab sabzining narxi Rossiya bozoridagi g‘ayritabiiy ravishda o‘zgarishidir.

O‘zbekistonda jon boshiga sabzi iste’mol qilish Sharqiy Yevropaga qaraganda yuqori. Sabzi ko‘p iste’mol qilinishining asosiy sababi shundaki, sabzi mashhur o‘zbek palovining ajralmas qismi hisoblanadi. Ommabop retseptga ko‘ra, ushbu taomni tayyorlashda bir kilogramm guruch uchun kamida bir kilogramm sabzi ishlatiladi.

Yaqin-yaqingacha palovning narxi, asosan, go‘sht, guruch va o‘simlik moyi narxlari bilan belgilangan bo‘lsa, hozirgi sabzi narxlarining palov narxidagi ulushi tobora sezilarli o‘smoqda.

So‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda go‘sht va guruch ancha qimmatlashdi. Shuning uchun, aksariyat restoran va oshxonalarda narxni pasaytirish maqsadida ko‘proq sabzi qo‘sha boshlagani ma’lum bo‘ldi. Biroq endi vaziyat keskin o‘zgarishni boshladi, chunki sabzi narxi tom ma’noda o‘z rekordlarini yangilamoqda.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, yangi terilgan sabzi palov uchun ishlatilmaydi — ular yig‘ib olingandan keyin kamida ikki oy o‘tishi kerak. Bozorda yangi ekin paydo bo‘lgan bo‘lsa ham o‘zbek palovini tayyorlash uchun «eski sabzi» afzal bo‘lgani sababli unga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.

2021 yil aprel oyida olingan hosildan so‘ng o‘tgan hosilning narxi keskin ko‘tarildi. May oyining boshlarida eski hosilning narxi yuqorilagandan so‘ng hali pasaymadi. Ammo aprel oyida bu yilgi hosilning bozorga chiqishi va uning hajmining asta-sekin o‘sishi hech bo‘lmaganda narxlarning o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar