“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari sonini cheksiz tanlash mumkinmi?

05 iyun, 19:30 2 825 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari sonini cheksiz tanlash mumkinmi?
AOKAda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda qator savollarga javob berildi. 

Milliy test tizimi to‘liq joriy etildimi? Hamma fanlardan sertifikat berish boshlandimi?
Bugungi kunga qadar ona tili va adabiyot, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan joriy etib bo‘lindi. Ushbu fanlardan test sinovi o‘tkazilib, kerakli natijaga erishgan talabgorlarga milliy sertifikat topshirilmoqda.

Bulardan tashqari, garchi fizika fanidan 2022 yilda joriy etish belgilangan bo‘lsa-da, bu yil uning ustuvor fanlar sirasiga kiritilganligi bois, ushbu fandan sertifikatlashni joriy yildayoq yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari sonini cheksiz tanlash mumkinligi to‘g‘rimi?
DTM abituriyentlarning ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda cheklovlarni olib tashlashga oid takliflar ishlab chiqdi va kerakli tashkilotlarga yubordi.
Agar bu taklif qabul qilinib, normativ-huquqiy hujjat asosida tasdiqlansa amalga oshishi mumkin. Hozircha bu borada o‘zgarish yo‘q. Shuning uchun, 5 tagacha tanlov amalda.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi yangi test topshiriqlari qo‘llanilgan edi. Bu yil ham qo‘llaniladimi?
Ha, albatta. Abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishlari, fikrlashlari va vaqt tejashlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya, shuningdek, ingliz, nemis, fransuz tillari, biologiya va kimyo fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari bo‘ladi.

Bu yil 5 ta fandan test sinovi belgilandi, lekin nega 3 soat 30 daqiqa berildi. O‘tgan yili 2 ta fandan 3 soat vaqt berilgan edi?
Bu vaqtinchalik tartib o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sharoitini hisobga olgan holda joriy etilgan edi. Bu yil sharoit o‘tgan yilga qaraganda ancha barqaror, shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilanganidek, har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda ta’lim yo‘nalishlarini ham o‘zbek, ham rus tilidagilarini tanlasa bo‘ladimi?
Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ta’lim shakli va ta’lim tili bir xil bo‘lishi talab etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar