“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:38
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda ayol zo‘rlanganini aytib, yordam so‘radi

24 мая, 18:13 3 824 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoda ayol zo‘rlanganini aytib, yordam so‘radi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda ayol zo‘rlangani haqida «Ojiza ayolning nomusiga tegdi» sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB ushbu videomurojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganini ma’lum qildi.

Boshqarma matbuot xizmatining yozishicha, 9 may kuni P.G. ismli ayol Oltinsoy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, 8 may kuni soat 23:00 larda «Ipok» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.O. uni Nexia avtomashinasida Oltinsoy daryosi bo‘yiga olib borib, nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Ayol rozi bo‘lmagandan so‘ng uni o‘sha mahallada joylashgan «Shox nur fayz» MCHJ binosining xonasiga olib borib, jinsiy aloqa qilgan. Shundan so‘ng xonadan tashqariga chiqarib yuborgan. Xonada unga tegishli bo‘lgan narsa-buyumlar qolgan.

Murojaatchi ayol fuqaro Sh.O.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda va narsalari qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan. Uning arizasi shu kuni tuman IIB navbatchilik qismining kitobida qayd qilinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish uchun tergov guruhiga yuklatilgan.

9 may kuni ayolning va Sh.O.ning tanasida tan jarohatlari va ularning izlari mavjudligini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ayolning o‘ng yelka o‘rta uchligida ikki tomondan qontalash aniqlangan, og‘irlik darajasiga ko‘ra «yengil» tan jarohati toifasiga kirishi ko‘rsatilgan. Uning tanasining boshqa joylarida tan jarohatlari aniqlanmagan.Fuqaro Sh.O.ning tanasida esa biror-bir tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmagan.

Shu kuni P.G.ning ko‘rsatuvlariga asosan Oltinsoy daryosining oldi va «Ipok» mahallasida joylashgan «Shox nur fayz» MCHJga tegishli bo‘lgan bino xonasi Jinoyat protsessual kodeksi talablariga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida olingan narsa-buyumlarda ishga aloqadorligiga va holatga oydinlik kiritish maqsadida bir qator tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar