“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:50
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?

14 мая, 22:55 2 700 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?
O‘zbekistonda ov qilayotgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokov.
Foto: Ovchining YouTube sahifasidagi videodan kadr

Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.

O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020 yil 8 iyulda qabul qilingan «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.

Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

«Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.
Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun  o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14 may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.

Shunday qilib, O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 2021 yil 3 mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar