“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:35
ЎЗO‘Z

«OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi»

14 мая, 12:37 2 030 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«OTMlarda chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari oshiriladi»
Oliy ta’lim muassasalarida chet tillari yo‘nalishidagi fakultetlarda qabul kvotalari ikki baravarga, grant o‘rinlar soni uch baravarga oshiriladi. Bu haqda xalqaro press-klubning «Xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha yangi tizim — kelajak uchun mustahkam poydevor» nomli sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Farrux Omonov ma’lum qildi.

Direktor o‘rinbosarining qayd etishicha, shu davrga qadar 25ta oliy ta’lim muassasasida chet tili mutaxassislari uchun 8000ta kvota ajratilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni ikki baravarga oshiriladi. Ya’ni qabul kvotalari 16000taga yetkaziladi va grant o‘rinlar soni 3 baravarga oshiriladi. Ingliz tilidan dars beruvchi mutaxassislar uchun metodikani o‘rgatish maqsadida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan ham alohida kvotalar ajratilmoqda.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga kirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun til o‘rganadigan xususiy o‘quv markazlarining kamligi va ularda narxlarning ancha qimmat ekanligi ham tahlil qilindi.

«Respublikadagi til o‘rganish markazlarini, ya’ni nodavlat ta’lim muassasalarini tahlil qilganimizda ular asosan shahar va viloyat markazlarida joylashgani ma’lum bo‘ldi. Bunday hududlardan uzoqlashilgani sari bunday markazlar soni kamayib boraveradi. Davlat rahbari tomonidan ham faqatgina davlat ta’lim resurslari bilan cheklanib qolmasdan, nodavlat ta’lim muassasalari kuchidan ham foydalanish, ularni ko‘paytirish haqida topshiriq berildi», dedi Farrux Omonov.

Yaqinda tashkil etilgan Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi tomonidan 10ta tilni ommalashtirish bo‘yicha ish olib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali davlat va nodavlat sektoridagi o‘quv kurslarida xorijiy tillarni o‘rgatish qo‘llab-quvvatlanadi va pulli o‘quv kurslariga bo‘lgan talab qondiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni prezident boshchiligida o‘tkazilgan chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.

Bu agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10ta (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors) chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.

Bundan tashqari, mazkur yig‘ilishda har bir tuman hokimlariga maktablardagi chet tili xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash uchun 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish haqida ko‘rsatma berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 142
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar