“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:02
ЎЗO‘Z

1 sentabrga qadar tun-u kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi

12 мая, 16:16 2 284 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 sentabrga qadar tun-u kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi
2021 yil 1 sentabrga qadar O‘zbekistonning yirik shaharlari, viloyat va tuman markazlarida savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda barcha tadbirkorlik sub’ektlariga 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi. Bu haqda Prezidentning «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida so‘z boradi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi. «O‘zmilliybank» 2021 yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlarining 200 million dollar miqdoridagi mablag‘larini jalb qiladi.

Shuningdek, 2021—2023 yillar davomida tuman (shahar)larda 15 ta dehqon bozori va 115 ta savdo komplekslari barpo etiladi. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.

Bundan tashqari, 10 ta yo‘l-patrul xizmati va bojxona postidagi yerlar yengil turdagi savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini joylashtirish uchun tadbirkorlarga 3 yilga ijaraga beriladi. Bu nuqtalar asosan haydovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda:Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyulida «Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi»dagi hukumat qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda belgilangan talablarni bajargan kafelarning tun-u kun ishlashiga ruxsat berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar