“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 22:53
ЎЗO‘Z

Prezident: Maktablarga 4 yilda juda ko‘p e’tibor berdik, ammo muammolar hali ko‘p

12 мая, 15:05 1 511 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: Maktablarga 4 yilda juda ko‘p e’tibor berdik, ammo muammolar hali ko‘p
Prezident Shavkat Mirziyoyev umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi vaziyatga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari muammolar hali ko‘pligi haqida fikr bildirdi.

Nima mani qiynaydi desangiz, aytaman: maktabdagi sharoit. Maktablardagi ahvolni ko‘rgan odam tavba, deb yuboradi. Shu 4 yilda juda ko‘p e’tibor berdik, ammo muammolar hali ham ko‘p. Kamchiliklarni 27 yil ko‘rib-ko‘rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman.

Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yapmiz, deymiz. Agar mablag‘ni to‘g‘ri sarflab, kelajagimiz bo‘lgan maktablarga birinchi navbatda yo‘naltirmasak, kitobini, sharoitini, o‘qituvchining ish haqini joy-joyiga qo‘ymasak, niyatimizga erisha olmaymiz.

Hozirning o‘zida maktabni ta’mirlash, uyoq-buyog‘ini suvash uchun 30 trillion so‘m kerak bo‘lyapti. Bir paytlar partani olib borib qo‘yib, maktab filiallari ochilgan. Bu hozir katta muammoga aylanyapti: bunday maktablar filiallarida o‘qigan bolalarning bilimi, o‘qituvchilarning saviyasi, oyligi, sharoiti qanday bo‘ladi — bunga javob yo‘q. Bu faqat maktab ta’limining o‘zidagi muammolar. Shermatovni (Xalq ta’limi vaziri) oldimga chaqirsam, sharoitni yaxshilash uchun 30 trillion mablag‘ kerak, deyapti.

Bu kitob-u partasini hisobga olmaganda, faqat ta’mirlash uchun ketadigan pul. Xadjibayevni (sog‘liqni saqlash vaziri) chaqirsam, 60 trillion so‘m kerak, deyapti. Bu pullarni qayerdan olamiz?
— dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu kabi yillar davomida to‘planib qolgan dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etish uchun avvalo o‘z vaqtida soliq tushumlarini ta’minlash zarurligini ta’kidladi, mablag‘larni maqsadli sarflash nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 34
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 52
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 134
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 140
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 28
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 30
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 193
  • Bo‘limlar