“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:56
ЎЗO‘Z

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

12 мая, 08:00 1 684 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev italiyalik mashhur prodyuser, Festi Group kompaniyasi rahbari Valerio Festi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zaro muloqot davomida Toshkentda mamlakat tarixi, ajdodlarning boy ma’naviy merosi hamda o‘zbek xalqiga xos urf-odat va qadriyatlar mujassam etilgani, mamlakat mehmonlariga milliylikni targ‘ib etuvchi festivallarni tashkil etish, shaharning turli hududlariga o‘sha joyning tarixidan kelib chiqqan holda rangli va chiroqli installyatsiyalarni joylashtirish, poytaxtni sayyohlarga yanada maftunkor va jozibador qilib ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil Toshkent kinofestivali tiklanib, yana an’anaviy o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shahar hokimi Toshkent bog‘lari, milliy oshxonalar, boy san’at va madaniyat haqida ham to‘xtalib, bunday betakrorliklarni o‘zbekistonliklar va mamlakat mehmonlariga san’at darajasida taqdim etish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Suhbat davomida Valerio Festi Toshkent shahar hokimiga shaharni badiiy bezash, turli shou va festivallarni o‘tkazish bo‘yicha bir necha loyiha namunalarini ko‘rsatdi. Jahongir Ortiqxo‘jayev mehmonlarga shaharni aylanib, xalqning madaniyati va turmush tarzi bilan atroflicha tanishishni va shunga ko‘ra Toshkent uchun maxsus loyihalarni taqdim etishini taklif qildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yillik tantanalarini bayramona o‘tkazishda Festi Group tajribasidan foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi. Bu borada ham xorijlik mutaxassislar o‘z loyiha va takliflarini taqdim etadi. Agar Festi Group loyihalari tasdiqlansa, Toshkent shahar hokimligi va kompaniya o‘rtasida shartnoma imzolanadi.

Avvalroq 2021 yilgi davlat dasturi qabul qilingani haqida ma’lum qilingan edi. Qayd etilishicha, ushbu dastur loyihasi muhokamasi davomida 4 mingga yaqin taklif kelib tushgan. 49 ta taklif bo‘yicha konseptual hamda 100 dan ortiq tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, ular qatorida fuqaro Firuza Xusainovaning Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish borasidagi taklifi ham qabul qilingan. U davlat dasturiga alohida band tariqasida kiritilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi poytaxtning qadimiy 12 ta darvozasi aniq belgilangan joylari, ularning ko‘rinishi va tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar