“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:59
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasini fitna, ig‘vo va muammolarni sun’iy yaratishda aybladi

06 мая, 23:05 2 498 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev «Milliy tiklanish» partiyasini fitna, ig‘vo va muammolarni sun’iy yaratishda aybladi
O‘zLiDeP vakili Rasul Kusherbayev 6 may kuni e’lon qilingan maqolasida «Milliy tiklanish» partiyasini muammolarni sun’iy yaratish, odamlarni urishtirish, nizo chiqarish, oddiy aytganda, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakatlarda aybladi.

Kusherbayevga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda u «Milliy tiklanish» partiyasining chiqishlariga e’tibor qilmaslikka urinyapti.
«Chunki partiya vakillari muammolarni sun’iy yaratish, odamlarni urishtirish, nizo chiqarish, oddiy aytganda, fitna qo‘zg‘ashga o‘xshash harakatlar qilayotganga o‘xshaydi. Balki adashgandirman, biroq bu so‘nggi paytlardagi shaxsiy kuzatuvlarim.

Shu bois har bir ishi, chiqishiga e’tibor qilaversam, men ham ayirmachiga aylanib qolaman. Men esa o‘zbek, qirg‘iz, tojik, rus, koreys, tatar, qozoq, uyg‘ur va boshqa do‘stlarim, qadrdonlarim bilan «Sen ariqning u tomonida ekansan», deb urishishni istamayman.

Biroq ushbu partiya nashrining 5 may 15-sonida jimjimador qilib ishlangan kollaj ostida bosilgan «Janob Liberallar, sukut alomati rizomi?» sarlavhali maqolada negadir yana sun’iy ravishda tadbirkorlarga men, Doniyor G‘aniyev va biz a’zo bo‘lgan partiyani yomon ko‘rsatishga urinishibdi. Bunaqa «bozorbop» chiqish uchun eng munosib javob aslida e’tibor bermaslik edi. Lekin andishaning oti ham qo‘rqoqmas, indamasak bo‘lmasligini tushundik.

«Milliy tiklanish» partiyasi gazetasi bahonasida ularga bir narsani eslatib o‘tmoqchiman: O‘zLiDeP fraksiyasidagi har bir deputat alohida individual shaxs va har birining o‘z mustaqil fikri bor. Fikrlar doim ham bir joydan chiqmasligi mumkin. Chunki liberallik, avvalo, erkinlik va yangilikka intilish degani.

Hammani birdek, bir qolipda fikrlashga o‘rgatish va ayttirish sobiq ittifoq mafkurasiga xos ish. Bu mafkura ko‘proq «Milliy tiklanish»ga yoqqan ko‘rinadi. Yoqsa, marhamat, vorislik qilavering, biroq bizni tinch qo‘ying!

Yana bir gap. Maqolada iddao qilingan mavzu, ya’ni ko‘chalardagi reklama masalasida men o‘z fikrimni aytdim: yoqadimi-yo‘qmi, bunisi qiziqmas. Yo‘llar, avvalo, haydovchi va yo‘lovchiga qulay bo‘lishini istayman, yo‘l reklama maydoni yoki bozor emas. Yo‘l, bu o‘z nomi bilan yo‘l axir. Yo‘l bo‘ylariga har qanday bo‘lar-bo‘lmas reklama vositalari qo‘yilishiga shaxsan men qarshiman. Bu gapim yoqmasa yoqmas, biroq sun’iylik qilib, yoqmagan gapni yoqdi, deb aytolmayman-ku! Xullas, reklama qilishga yo‘ldan boshqa joy topish kerak», – deydi deputat.

Rasul Kusherbayevga ko‘ra, «Milliy tiklanish» partiyasi yaqinda qabul qilinib, Senatga yuborilgan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasi vaqtida diniy ta’limni kengaytirish taklifiga ham qarshilik bildirgan.

«Darvoqe, so‘nggi vaqtlar «Milliy tiklanish» partiyasi millat taqdiri, tarbiya, bilim degan gaplarni bot-bot takrorlamoqda. Agar rostdan ham shunday bo‘lsa, nima uchun kuni kecha minglab, kerak bo‘lsa, millionlab yurtdoshlarimiz ko‘z tikib turgan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish jarayonida aynan «Milliy tiklanish» partiyasi vakillari diniy ta’lim muassasasida ta’limni kengaytirish masalasiga qarshi chiqdi? Diniy bilim, shu jumladan, muqaddas Islom dini haqida ta’lim olish faqat diniy soha xodimlari uchun emas, aholi, shu jumladan, ota-onalar uchun ham erkin bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan Doniyor G‘aniyev va meni nima uchun qo‘llab-quvvatlashmadi? Aksincha, ular buni terrorizm, radikalizm bilan bog‘ladi, yurtdoshlarimizga bu masalada ishonishga erta, degan qarash bilan diniy ta’limda erkinlik berilishiga qarshi chiqdi, faqat diniy idora xodimlari uchun diniy ta’lim olish mumkin, degan eskirgan qolipni yoqladi.

Ushbu pozitsiyangizdan keyin ham Sizlarni kim deb atashimiz kerak, «Milliy tiklanish»mi yoki? Men atayin maqoladagi ayrim chalkashlik va oddiy savodxonlik masalasidagi qo‘pol xatoliklarga ham ko‘z yumdim», – O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

Rasul Kusherbayev maqola yakunida «Milliy tiklanish»ning o‘zidan boshqa tashvishi, muammolari ham ko‘pligini aytib, har xil fitna, g‘iybatlar bilan emas, partiya oldida turgan jiddiyroq ishlari bilan shug‘ullanishni tavsiya qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar