“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

Chiroqchida erkak hokimlik binosi oldida qizni kaltaklagani sababi ma’lum bo‘ldi

06 мая, 15:27 2 406 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chiroqchida erkak hokimlik binosi oldida qizni kaltaklagani sababi ma’lum bo‘ldi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir yigit tomonidan kaltaklangan qiz videosi tarqalgan, viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. O‘zA voqeaga nima sabab bo‘lganini aniqladi.

24 aprel kuni soat 22:00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshohbekatda fuqaro T.N.ni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib, tan jarohati yetkazgan.
Ma’lum bo‘lishicha, asli shahrisabzlik bo‘lgan 35 yoshli ayol tanishinikiga 2 yoshli qizini sutdan ajratish uchun borgan. Uning uyida mehmon sifatida biroz o‘tirib qolgan va kechroq yo‘lga chiqqan.

Foto: O‘zA
«Toshkent ‘stoyanka'siga kelganimda qo‘liga ‘butilka’ ko‘tarib olgan bir yigit shaxsiyatimga tegadigan gap aytdi. U gap menga juda og‘ir botdi va undan ‘aytgan gapingni isbotlab ber’ deya izoh so‘radim. Bu holatga guvoh bo‘lib turgan shu yerdagi haydovchi yigitlarga ham qoyil qolmadim.

Haligi yigitni gij-gijlab ko‘tar-ko‘tar qildi. Tomoshabin bo‘lishdi. Keyin tortishuvimiz janjalga aylanib ketdi. Dabdurustdan meni urib-tepib ketdi. Men profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, telefonimni dugonamga berdim. Uning ham sochlaridan tortib urib tashladi
», — degan u.

Ayol 2 may kuni o‘ng quloq atrofidagi og‘riq, quloqning yaxshi eshitmasligi va bosh og‘rig‘i bilan shikoyat qilgan va Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Bo‘lim bosh shifokori Abduvohid Eshquvvatovning so‘zlariga ko‘ra, bemorda kerakli muolajalar o‘tkazilgan va hozirda uning ahvoli qoniqarli.

Ayni paytda Chiroqchi tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida vaqtinchalik hibsda ushlab turilgan ayolni urgan erkak X.A. o‘sha kuni spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun o‘zini boshqarib tura olmagani, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Foto: O‘zA
«Tungi vaqtda katta ko‘cha bo‘ylab ketayotgandim, ozgina spirtli ichimlik ham iste’mol qilgandim. Yonimdan o‘tib borayotgan ikki nafar xotin-qizlardan biri tanishdek ko‘rindi. Ulardan biriga ‘qandaysan’ deya gap otdim. Ular menga javob qaytardimi yo qaytarmadimi hozir aniq yodimda yo‘q, o‘tib ketdi. Toshkent shahriga mashinalar qatnaydigan bekatga yetib qolganimda haliga ayollardan biri orqamdan yetib kelib, ko‘ylagimdan tortib, ‘sen kimga gapiryapsan’ deb baqirib ketdi. Men esa senga gapirmadim, sherigingga gapirdim, deya javob qaytardim.

U yoqamdan tortib meni siltab urib ketdi. Jahlim chiqibdi, men ham yuziga tarsaki tortib yubordim. Sherigi qo‘liga tosh olib menga o‘qtaldi. Ungacha atrofdagilar yig‘ilib tomosha qila boshladi. Ular esa borgan sari menga yopishib, baland ovozda baqirib janjal qilib ketdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman, o‘zimni boshqarib tura olmadim. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman
», — degan u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 0
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 2
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 12
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar