“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi

06 мая, 10:03 1 980 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Ichki ishlar vazirligi va xalq ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan Qo‘shma Hay’at majlisida o‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti FACE ID tizimi orqali nazorat qilinishi haqida aytib o‘tdi deya yozmoqda O‘zA.

Xabarga ko‘ra, ichki ishlar vaziri general-leynenant Po‘lat Bobojonov ikki hamkor vazirliklarning tarixiy uchrashuvi sifatida e’tirof etilgan mazkur hay’at majlisida uchinchi renessans poydevori bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni ko‘rilishini bildirgan.

Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar, o‘quvchilar tomonidan qo‘l urilgan jinoyatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham o‘zaro hamkorlik natijasida birinchi navbatda kelajak avlod, maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tgan. Ayni vaqtda besh tashabbus doirasida barcha maktablar internet bilan ta’minlanmoqda.

«O‘quvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida maktablarda face id tizimini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar