“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi

06 мая, 00:16 4 059 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CЕRR) O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i bozoridagi vaziyatni tahlil qildi. Review nashrining markaz ma’lumotlariga tayanib yozishicha, o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi.

Eslatib o‘tamiz, 30-aperl kuni Shavkat Mirziyoyev Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Hujjatda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

Natijada O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish, o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Ushbu qonunning kuchga kirishi narx-navoning oshishiga ta’sir ko‘rsatgan yana bir omil bo‘ldi. Bu bojxona omborlarida o‘simlik yog‘ining ortiqcha miqdorda to‘planishiga olib keldi. Xususan, 2021 yilning 27 aprel holatiga ko‘ra, bojxona omborlarida 4,7 million dollarga teng 3,5 ming tonna kungaboqar yog‘i va may oyi boshida (2021 yil 4 may) esa 6,5 ming tonna pista yog‘i mavjud edi.

Hozir esa tahlilchilarning qayd etishicha, o‘simlik yog‘i narxining o‘sishi to‘xtadi. Operatsion ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta o‘simlik yog‘i narxlarining 1,5 foizga, bir hafta oldin esa 5 foizga pasayishi kuzatildi. Bozorning ushbu ko‘rsatkichlari o‘simlik yog‘i narxlari darajasining barqarorlashuv tendensiyasini ko‘rsatadi.

Narxlar nega ko‘tarilgandi?
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida dehqon bozorlari va savdo markazlarida respublikadagi o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narxi 16 271 so‘mni tashkil etgandi, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 5451 so‘m ko‘p (50 foiz o‘sish).

2020 yilda O‘zbekistonda 500 ming tonnaga yaqin o‘simlik yog‘i sotilgan. Import ulushi 57 foizni (285 ming tonna), mahalliy ishlab chiqarish ulushi esa 43 foizni (249 ming tonna, shu jumladan, 32 ming tonna eksport) tashkil etgan.
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining oshishi bir necha omillar bilan izohlanadi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan hisoblangan o‘simlik yog‘lari indeksi 2020 yilning aprel oyidagi 81 banddan 2021 yilning fevral oyidagi 147 bandga (81 foizga o‘sish) oshdi.

Tashqi bozorda va eksport qiluvchi mamlakatlarda avvalgi mavsumlarga nisbatan ishlab chiqarish hajmining nisbatan pastligi kuzatilmoqda, shu munosabat bilan kungaboqar yog‘i va urug‘ini eksport qilish bo‘yicha yuqori bojxona to‘lovlari tartibi joriy etildi.

Shunday qilib, import narxlarining oshishiga yirik hamkor davlatlar tomonidan eksport cheklovlarining joriy etilishi ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, Rossiyada 2021 yilning 9 yanvaridan 30 iyuniga qadar kungaboqar urug‘larini Bojxona ittifoqidan tashqariga eksport qilish boji 6,5 foizdan 30 foizgacha, lekin tonnasiga 165 yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda oshirildi.

Ta’kidlash kerakki, 2020 yilda Rossiyada kungaboqar urug‘ini ishlab chiqarish 2019 yilga nisbatan 13,7 foizga kamaygan. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyada kungaboqar yog‘ining narxi 26 foizga oshgan.

Shu bilan birga, 2020 yili respublika sanoat-tarmog‘ining yirik korxonalari tomonidan 249 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarildi, bu 2019 yilga nisbatan 5 ming tonna ko‘p (2 foiz). 2021 yilning yanvar—mart oylarida esa 78,3 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarildi, bu 2020 yilning yanvar—mart oylariga nisbatan 2,3 ming tonnaga ko‘pdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar