“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:07
ЎЗO‘Z

Surxondaryo viloyat IIB kaltaklangan ayol hodisasi bo‘yicha munosabat bildirdi

02 мая, 20:06 4 228 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryo viloyat IIB kaltaklangan ayol hodisasi bo‘yicha munosabat bildirdi
Kecha, 1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi ayolni erkak kishi urib, tepkilab, jismoniy kuch ishlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyat IIB mazkur voqea bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, mazkur holat Denov tumani bo‘yicha IIO FMB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganida quyidagilar ma’lum bo‘lgan.

Denov tumani, «I.To‘rayev» SIU, Buyuk ipak yo‘li mahallasida yashovchi Q.S. 2021 yil 22 aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisi Gulmurod Xandalov urib tan jarohati yetkazganligi haqida murojaat qilgan.

Tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, sodir bo‘lgan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish to‘g‘risida qaror berilgan, fuqaroning olgan tan jarohati «yengil tan jarohati» toifasiga kiradi, deb xulosa chiqarilgan.

«Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi haqida ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak «uyni bo‘shat», deb ayolni tepkilagani, mushtlab urgani tasvirlangan.

Shuningdek, u bolalarni ham urganda, ularning baqirgan ovozlari yozilgan. Jabrlanuvchining aytishicha, Gulmurod Xandalov uni ikki yildan beri muttasil kaltaklab kelgan. U bu haqda uchastka inspektori va tuman IIBga ko‘p marotaba ariza bilan murojaat qilganiga qaramasdan, ular «daliling yo‘q», deb ayolning arizasini qabul qilishmagan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchining onasi joriy yil 21 mart kuni hojatxonaga yashiringan holda, Gulmurod Xandalovning qizini va uning bolalarini tepib kaltaklaganini videoga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 254
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar