“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:10
ЎЗO‘Z

SSV xususiy sektorni vaksinatsiya jarayoniga jalb qilish masalasi bo‘yicha munosabat bildirdi

27 apr, 23:23 2 289 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSV xususiy sektorni vaksinatsiya jarayoniga jalb qilish masalasi bo‘yicha munosabat bildirdi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pullik tarzda qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Xususiy immunoprofilaktik muassasalar (vaksinatsiya markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotganini unutmaslik kerak. Ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.

Xususiy immunoprofilaktik muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror-bir xususiy vaksinatsiya markazida bunday amaliyotlar o‘tkazilmayapti.

Qayd etish lozimki, keyinchalik mamlakatimizga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa (bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvati ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti), uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, «Dori-darmon» AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin. 

Ammo hozircha faqat davlat muassasalarida xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda», degan u.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning narxi 500 ming so‘mgacha ekanligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati bunday xabarlar haqiqatga zidligi, O‘zbekiston aholisi uchun «Sputnik V» vaksinasi boshqa vaksinalar qatori — xitoy-o‘zbek vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca (Hindistonda ishlab chiqarilgan Covidshield) vaksinasi kabi bepul bo‘lishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasidan 660 ming doza, o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelingan va 1 aprel kuni shu vaksinalar bilan aholini emlash jarayoni boshlangandi. Shu kungacha 570 mingga yaqin kishi vaksina qabul qilgan.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasidan 100 ming doza va o‘zbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelindi.

Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
28 apreldan Rossiya vaksinasini qo‘llash boshlanishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar