“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 10:25
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi «Parvoz» mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi

24 apr, 09:49 2 108 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi «Parvoz» mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi «Parvoz» mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.

Mamlakatda har bir mahalladagi «o‘sish nuqtalari»ni aniqlab, aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish, kommunal muammolarni hal qilib, hududini obodonlashtirish choralari ko‘rilmoqda. «Parvoz» mahallasiga tashrif chog‘ida shu boradagi ishlar ijrosiga e’tibor qaratildi.

Bu yerdagi 41 ta ko‘p qavatli uyga «Shinam uy-joy» boshqaruv servis kompaniyasi sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. Davlat rahbari ushbu shirkat binosini kirib ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kompaniyada tun-u kun dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 35 doimiy, 20 dan ziyod mavsumiy ish o‘rni yaratilgan. Binoda «Xalq banki» bo‘limi ham tashkil etilgan.
Hududda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, sport maydonchalari bor. Prezident shu yerda o‘ynayotgan bolalarga ezgu tilaklar bildirdi.

«Bolalarimiz sog‘lom bo‘lib, ko‘zlaridan nur yog‘ilsa, men uchun eng katta baxt shu. Sizlarning bilim olishingiz, kasb-hunarlar egallashingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz uchun hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Sizlar yaxshi o‘qib, al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek bobolarimizga munosib bo‘lib, ota-onangiz orzularini ushaltiradigan insonlar bo‘lib ulg‘aying», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mahallada savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida 157 kichik biznes sub’ekti bor. Aholini ish bilan ta’minlash maqsadida 2021 yilda umumiy qiymati 73 milliard so‘m bo‘lgan 6 ta loyihani amalga oshirish va 310 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

«Bu Toshkent shahridagi eng katta mahallalardan biri — 10 ming 200 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda shunday ishlar qilingani boshqa mahallalarga namuna bo‘lishi kerak», — dedi Prezident.

Mutasaddilarga poytaxtdagi barcha 524 ta mahallani shunday obod qilish, buning uchun har biriga mablag‘ ajratib, loyihalarini tasdiqlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Shu yerda nuroniylar, jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbat bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Ulug‘ ayyom kunlarda sizlar bilan ko‘rishganimdan xursandman. Mehr ko‘zda degandek, yoshlar, nuroniylar bilan gaplashsam, o‘zimga kuch, katta rejalar olaman. Odamlarning har bir gapi menga mas’uliyat bag‘ishlaydi. Xalqimizni rozi qilsak, inshaalloh, ajri ham bo‘ladi», — dedi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 127
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 43
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 462
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 134
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 225
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 85
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 518
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Bo‘limlar