“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

18 apr, 18:51 2 831 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi kurash komissiyasining 17 aprel kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozmoqda «Gazeta.uz».

Bahodir Yusupaliyev mart oyining ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatda kasallanish darajasi orta boshlaganini eslatdi. Agar yanvar—fevral oylarida kuniga 40-45 ta koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 300 ta holatdan oshib ketganini ta’kidlagan.

Uning ma’lum qilishicha, 15 martdan 15 aprelgacha mamlakatda 5500 dan ortiq kasallanish holati — kuniga o‘rtacha 183 ta holat qayd etilgan. Bu vaqt davomida koronavirusga qarshi testlar soni 2,5 baravarga — har kuni 40-42 mingtaga oshgan. Kasallik darajasi ham ortgan — har 100 ming kishiga 0,2 foizdan 0,8-0,9 foizgacha.

COVID-19 bilan kasallanishning yosh bo‘yicha tarkibi quyidagicha:Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari, shuningdek, mamlakatning chegara punktlarida o‘rtacha 6-7 kishida COVID-19 aniqlanayotganini ma’lum qilgan. Ular yuqumli kasalliklar shifoxonalariga olib borilmoqda.

Bahodir Yusupaliyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning ko‘proq bolalar orasida uchraydigan va «Uxan» shtammiga qaraganda yuqumliroq bo‘lgan «britancha» shtammi bilan kasallanganlar aniqlay boshlandi. Bolalar kasallansa, ular ota-onalariga, keksalarga yuqtirishi ehtimoli mavjud. Shu sababli Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari jamoat va tarovih namozlarida 65 yoshdan kattalar va bolalarning ishtirok etishini cheklash taklifini bildirdi.

Ushbu yig‘ilishga boshchilik qilgan bosh vazir Abdulla Aripov infeksiya OTMlarning 6-7 foizida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-15 foizida aniqlanganini ta’kidlab, o‘tgan yilning shu davrida maktab bolalarida kasallik qayd etilmaganini aytgandi.

«Yil boshida ‘britancha’ shtamm kirib keldi va u bolalarda ko‘p tarqalmoqda. Biz Toshkent shahar hokimligini taklifi bilan bir nechta maktab va bog‘chalarni yopishga majbur bo‘ldik. Ya’ni kasallik o‘zgarib, yanada xavfli bo‘lib qoldi. Agar ilgari bu bolalarga ta’sir qilmagan, endi aksincha, hatto bolalar bog‘chalarini ham qamrab olmoqda», — degan u.

Bosh vazir, shuningdek, mamlakatda Janubiy Afrika shtammi ham aniqlanganini, hozirda virusni o‘rganish ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshib borayotgani sababli 18 apreldan boshlab mamlakat bo‘ylab karantin qoidalari kuchaytirildi.

O‘zbekistonda 17 aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 342 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shu kuni qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi. Mamlakatda 17 aprel kuni jami 33 208 nafar kishi COVID-19’ga qarshi emlanib, jami emlanganlar soni 403 136 nafarga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 142
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar