“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:09
ЎЗO‘Z

Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

16 apr, 18:53 2 421 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi
2021 yilning 5 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongirlar Mingbuloq tumani «Kichik Jomasho‘y» mahallasida joylashgan «Vodiy» umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilishadi.

Bezorilar uni sochidan ushlab tortganlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlashadi. Bu harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutalilarga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazishadi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar «yengil» hamda S.Burgutali «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar. 

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlar ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar