“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan qarz miqdori ma’lum qilindi

15 apr, 09:09 2 010 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan qarz miqdori ma’lum qilindi O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlatda yashash uchun mablag‘siz qolganda moliyaviy yordam ko‘rsatilishi haqida xabar berilgan edi. Tashqi migratsiya agentligi turli davlatlarda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qancha miqdorda qarz berilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi sutkalik yashash uchun 100 dollar, transport uchun 800 dollar qarz beradi. AQSHda ham sutkalik yashash uchun 100 dollar, transport uchun esa 1000 dollar beriladi.

Dunyoning qolgan davlatlarida beriladigan ushbu qarz miqdori quyidagicha:
Aqtau shahri: 50-100 dollar;
Afg‘oniston: 50-250 dollar;
Afina shahri: 100-600 dollar;
BAA: 125-300 dollar;
Bangkok shahri: 70-600 dollar;
Belarus: 65-500 dollar;
Belgiya: 150-1000 dollar;
Buyuk Britaniya: 100-800 dollar;
Vladivostok shahri: 50-800 dollar;
Germaniya: 100-600 dollar;
Guanchjou shahri: 100-700 dollar;
Dubay shahri: 125-300 dollar;
Yekaterinburg shahri: 50-400 dollar;
Jidda shahri: 100-600 dollar;
Indoneziya: 100-1000 dollar;
Ispaniya: 100-600 dollar;
Isroil: 100-600 dollar;
Istanbul shahri: 100-400 dollar;
Italiya: 100-600 dollar;
Koreya: 100-500 dollar;
Kuvayt: 100-1000 dollar;
Qirg‘iziston: 50-100 dollar;
Qozog‘iston: 50-100 dollar;
Qozon shahri: 50-400 dollar;
Latviya: 100-600 dollar;
Malayziya: 70-600 dollar;
Misr: 70-800 dollar;
Mozori Sharif: 50-100 dollar;
Novosibirsk shahri: 50-400 dollar;
Nyu-York shahri: 100-1000 dollar;
Ozarbayjon: 50-400 dollar;
Olma–ota shahri: 50-100 dollar;
Pokiston: 70-500 dollar;
Polsha: 100-800 dollar;
Rossiya: 50-400 dollar;
Rostov-Don shahri: 50-400 dollar;
Sankt-Peterburg shahri: 50-400 dollar;
Saudiya Arabistoni: 100-600 dollar;
Singapur: 125-800 dollar;
Tojikiston: 50-100 dollar;
Turkiya: 100-400 dollar;
Turkmaniston: 70-200 dollar;
Ukraina: 100-500 dollar;
Ummon: 70-600 dollar;
Frankfurt Mayn shahri: 100-600 dollar;
Fransiya: 100-650 dollar;
Xitoy: 100-600 dollar;
Hindiston: 100-500 dollar;
Shanxay shahri 100-600 dollar;
Eron: 70-400 dollar;
Yaponiya: 150-1000 dollar.
O‘zbekiston fuqarolari moliyaviy yordam (qarz) so‘rab xorijiy davlatdagi elchixona yoki konsulliklarga murojaat qilishi mumkin.

Muassasa 2 ish kunida fuqarodan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, arizada keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, uning xorijda bo‘lish sharoitlarini aniqlaydi (safar maqsadi, viza, yashash sharoiti). Hujjatlarni o‘rganish asosida moliyaviy yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va uni Tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlash uchun yuboradi.

Vazirlik 1 ish kunida fuqaroga yordam ko‘rsatishga oid hujjatlarni va xulosani ko‘rib chiqadi hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida xat yuboradi. Xat olganidan so‘ng 1 ish kunida muassasa fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkazadi.

Ariza rad qilinganda konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi. Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi.

O‘zbekistonda 2021 yil boshidan buyon Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 9465 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan 8034 nafari Rossiyaga, 1285 nafari Qozog‘istonga, 143 nafari Janubiy Koreyaga (mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga), 3 nafari BAAga yo‘l olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar