“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda?

11 apr, 22:44 3 436 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi «Navro‘z» qabullar uyi binosining buzilayotgani haqidagi xabar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ana shu masalaga aniqlik kiritish maqsadida «Daryo» muxbiri qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Odilov bilan suhbatlashdi.

— Davron Qobiljonovich, bir necha kunlardan beri ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi «Navro‘z» majmuasining buzilishi bilan bog‘liq masala qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Qurilish sohasi bo‘yicha mas’ul rahbarlardan biri sifatida shu masala haqida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz. Xo‘sh, bu borada bildirilayotgan fikr-mulohazalar qanchalik o‘rinli?

— Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda poytaxtimizdagi Alisher Navoiy milliy bog‘ majmuasini haqiqiy ma’noda xalqimiz uchun madaniyat va ma’rifat maskaniga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bu yerda Adiblar xiyoboni barpo etilib, yigirmadan ziyod atoqli ijodkorlarimizning haykallari o‘rnatildi. Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasining binosi qurildi, Toshkent tarixi muzeyi tashkil qilindi.

Bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Milliy bog‘ hududida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va yangi Milliy drama teatri binolari hamda Davlat san’at muzeyining namoyishlari majmuasini qurish, shuningdek, bu yerda ilm-fan va san’at sohalariga oid 1,5 million kitob fondiga ega bo‘lgan yirik kutubxona bunyod etish loyihalashtirilgan.

Mazkur kutubxonani Alisher Navoiy milliy bog‘i hududidagi «Navro‘z» majmuasiga joylashtirish hamda uni zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida qayta rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda, qonun talablariga asosan loyiha institutlari tomonidan «Navro‘z» majmuasining holati texnik ko‘rikdan o‘tkazilganida, 1980 yillarda qurilgan ushbu binoning holati bilan bog‘liq bir qator jiddiy muammolar borligi aniqlandi.

Xususan, «Navro‘z» majmuasining atrofida uzoq yillar davomida muntazam ishlab turgan katta hajmdagi favvoralardan binoning poydevor qismiga namlik sizib o‘tganligi sababli bino 27 santimetrlik og‘ish yuz berganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, majmuadagi asosiy yuk ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarning holatida ham salbiy o‘zgarishlar yuz bergan. O‘zingiz yaxshi bilasiz, Toshkent shahri nisbatan faol seysmik mintaqada joylashgan. Shuning uchun bu yerda bino va inshootlarning mustahkamligiga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi. Bu kutubxonadan kelajakda xalqimiz foydalanadi. Demak, odamlarning xavfsizligini ta’minlash birinchi galdagi vazifamiz hisoblanadi.

Loyiha institutlari va mutaxassislarning xulosasiga asosan, binoni ta’mirlash maqsadga muvofiq emas, deb topildi. Chunki yuqoridagi kamchiliklar erta-bir kun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmasligiga hech kim kafolat berolmaydi.

Qolaversa, hisob-kitoblarga ko‘ra, uni rekonstruksiya qilish va ta’mirlashdan ko‘ra, o‘rnida yangi bino qurish iqtisodiy jihatdan samaraliroq ekani ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, bo‘lajak kutubxona foydalanuvchilarining xavfsizligi, binoning konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi, seysmik xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Navro‘z» majmuasi o‘rnida mustahkam, ko‘rkam, energiya tejamkor va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy kutubxona binosini qurish maqsadga muvofiq, degan qarorga kelindi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu bog‘ yaqin kelajakda haqiqiy madaniyat va ma’rifat maskani, adabiyot muxlislari va xalqimizning sevimli maskaniga aylanib, ko‘p yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar