“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 21:36
ЎЗO‘Z

Emlash ro‘zani buzadimi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi

11 apr, 09:03 2 715 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Emlash ro‘zani buzadimi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi Koronavirusga qarshi emlangan ro‘zadorning ro‘zasi buziladimi, degan savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi. Idoraning yuqoridagi savolga bergan javobi matnini to‘lig‘icha taqdim qilamiz.

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bugungi kundagi to‘rt mazhab ulamolari teri osti, mushaklar orasi yoki yonboshga ukol qilish bilan ro‘za buzilmasligiga ittifoq qilishgan. Chunki ro‘zani yeb-ichish ma’nosidagi narsalar buzadi. Yeb-ichish esa odatiy yo‘llar orqali bo‘ladi. Teri teshiklaridan yoki noodatiy yo‘llardan terining orasiga biror narsa kirishi, masalan, ilon chaqib olishi (tomirdan chaqsa ham), sovuq suvda g‘usl qilish natijasida badan orasidan ichkariga suv o‘tishi ro‘zani ochmasligiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan.

Bu haqda «Al-Fatovo al-hindiya» kitobida shunday deyiladi:

«Terining orasidan ichkariga yog‘ kabi narsalarning kirishi ro‘zani ochmaydi. ‘Sharhul Majma’da shunday keltirilgan». Iqtibos tugadi.

Endi aynan koronavirusga qarshi emlashga kelsak, u ham teri osti va mushakka qilinadigan ukollardan biri. Buning ustiga oziqlantiruvchi emas. Yuqoridagi fatvolarga binoan ro‘zador holda ham uni olish joiz, bu ish ro‘zani buzmaydi.

Ramazon oyida emlashga to‘g‘ri kelishi sababli bu masalada bir qancha fatvo uyushmalari o‘z fatvolarini e’lon qilishdi.

Jumladan, Kuvayt vaqf vazirligi, Iordaniya fatvo uyushmasi, Saudiya umumiy muftiysi va katta ulamolar hay’ati raisi Shayx Abdulaziz Oli Shayx, Azhar xalqaro elektron fatvo markazi, «Dorul ifto» (Misr) fatvo markazi ro‘zador kishi emlash olishi ro‘zani buzmasligiga fatvo berdi. Chunki ro‘zani buzuvchi narsalar odatiy yo‘llardan kirib, oshqozonga yetib boradi. Emlashda esa yeb-ichish ma’nosi yo‘q va u odatdagi yo‘llardan tanaga kirmaydi. Balki noodatiy bo‘lgan teri ostidan kirib boradi. Bu ro‘zani buzmaydi. Vallohu a’lam.


Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi. 9 aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 18 224 kishi koronavirusga qarshi emlangan edi.

Ular AstraZeneca va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 10 aprel holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 0
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 56
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Bo‘limlar