“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:48
ЎЗO‘Z

Rossiya sanoat va savdo vaziri O‘zbekistonga keldi

05 apr, 08:20 1 736 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya sanoat va savdo vaziri O‘zbekistonga keldi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga bortida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya o‘rin olgan samolyot kelib qo‘ngan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xabar berishicha, 5-7 aprel kunlari Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar markazida xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Rossiya bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi doirasida asosiy strategik sessiya O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ishtirokida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma dasturidan O‘zbekiston viloyatlari hokimlari va Rossiya regionlari gubernatorlari ishtirokidagi O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi o‘rin olgan.

Ilk marta Rossiyadan tashqarida bo‘lib o‘tayotgan ushbu xalqaro ko‘rgazmada Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya va Yaponiyaning 300dan ortiq sanoat kompaniyalari va ishbilarmonlar delegatsiyalari ishtirok etadi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishtirokchi mamlakatlar va kompaniyalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish va qo‘shma korxonalar tashkil etishning yangi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.

Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi o‘tgan yili Toshkent metallurgiya zavodining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan, jumladan, 2020 yilning 4 dekabr prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida ham bo‘lgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar