“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi

02 apr, 12:30 1 708 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan uddaburon fosh etildi Alkogol mahsulotlarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, viloyat IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida sifatsiz alkogol mahsulotlarini fuqarolarga sotib kelayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro O.A shartli xaridorga bir xil raqamli aksiz markalar bilan qadoqlangan, 0,45 litrlik hajmdagi jami 444 shisha umumiy qiymati 9 324 000 so‘mlik 199,8 litr aroq mahsulotlarini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

O‘tkazilgan surishtiruv harakatlari davomida ashyoviy dalil sifatida olingan aroq mahsulotlari qopqog‘iga yopishtirilgan markalar “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DICHB) tomonidan tayyorlanmaganligi, aksincha ushbu aksiz markalar rangli printerda tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar