“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:30
ЎЗO‘Z

Ishsiz va aliment to‘lovchilar uchun yana bir imkoniyat

31 mar, 17:40 2 973 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishsiz va aliment to‘lovchilar uchun yana bir imkoniyat Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda, voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor oilalani yarashtirish, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilish, qarzdorlikni kamaytirishga qaratilgan. Bunda joylarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Pop tumanida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga bu gal ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari taklif etildilar.

Tuman markazidagi Madaniyat saroyida tashkil etilgan mehnat yarmarkaga xududlardagi 24 ta korxona, tashkilotlari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida 60 nafardan ortiq ishsiz aliment to‘lovchilar uchun korxona, tashkilotlar vakant o‘rinlari, yaratilgan sharoitlarni taklif etdilar.

- Men tumanning Guliston mahallasida istiqomat qilaman deydi Suxrob Xojiyev. Turmush o‘rtog‘im bilan ajrab ketganim sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining qarori bilan 3 nafar farzandimga aliment to‘lashim belgilangan. Biroq, ishsizligim tufayli alimentdan qarzdorligim bor edi. Aynan bugungi yarmarka menga ishga joylashishimga imkon yaratdi. Men “Alanga yong‘inni oldini olish” unitar korxonasiga ishga yo‘llanma oldim. Endi har oyda oladigan maoshimdan sud qarorida ko‘rstilgan aliment mablag‘ini o‘tkazib boraman. Qolaversa, avvalgi qarzdorligimni ham bartaraf etaman.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida jami 21 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar korxonalarga ishga yo‘llanma olishdi. Birgina, “Alanga yong‘inni oldini olish” unitar korxonasiga 16 nafar fuqaro ishga qabul qilindi.

Asosiysi, Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aynan ishsiz bo‘lgan 105 nafar aliment to‘lovchilar turli korxona va tashkilotlarga vakant joylarga va mavsumiy ishlarga qabul qilinishiga ko‘maklashilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar