2021 yil 27 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82340 (+194) nafarni tashkil etmoqda. Yil boshidan beri eng ko‘p ko‘rsatkich kecha qayd etilgan edi (+186).
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
10 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
16 nafari Toshkent viloyatida,
152 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 626 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1191 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.