“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:26
ЎЗO‘Z

Namanganda Xitoy fuqarolari bosqinchilikka uchradi

28 mar, 09:50 2 493 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda Xitoy fuqarolari bosqinchilikka uchradi Namangan viloyatida Xitoy fuqarolariga nisbatan bosqinchilik sodir etib 100 000 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi.

2021 yilning 24 mart kuni soat 03:40 da noma’lum shaxslar Namangan shahar Qadamjoy MFYda joylashgan «Pekin» tibbiyot markazi binosiga yuzlariga qora rangli tibbiyot niqobi taqqan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, binoning ikkinchi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan shu markazda shifokor bo‘lib ishlovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari WU YUJI va WU ZHILIN xamda ushbu markazda tarjimon bo‘lib ishlovchi Yahyoxon U.ni urib, qo‘l va oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, yotoqxonadagi tumbochka qulfini buzib 10.000 AQSH dollari, 100.000.000 so‘m pul mablag‘lari hamda ikki dona «Huawei» va «Redmi 8» rusumli uyali telefon apparatlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasini 4-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 31 yoshli Jahongir K., boshchiligida 29 yoshli Xabibullo K., 24 yoshli Izzatillo A., Asrorbek Q. hamda Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli Abdullo X.lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda jami 10 620 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari jarayonida Andijon viloyatida yashovchi Abdullo X. muqaddam mazkur markaz shifokorlari yaxshi daromad qilayotganliklaridan xabar topib, binoning kalitini g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, bu haqida tanishi Jahongir K.ga aytib qiziqtirganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda tergov davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar