“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:16
ЎЗO‘Z

Rossiya 1 apreldan O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi

26 mar, 00:13 3 222 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya 1 apreldan O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi Rossiya 1 apreldan boshlab 6 davlat — O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Venesuela, Suriya va Shri-Lanka bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. «RIA Novosti»ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiya tezkor shtabining yig‘ilishida ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, haftasiga bir marta Moskva—Toshkent yo‘nalishida parvoz amalga oshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, karantin cheklovlari tufayli O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2020 yilning 16 martida to‘xtatilgandi. Sentabr oyida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda Rossiya bilan aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi mumkinligini aytgandi. Ammo O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov Rossiya O‘zbekistonning muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha taklifini rad etganini ma’lum qildi.

2021 yilning mart oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘zbekiston may oyigacha Rossiya bilan muntazam aviaqatnovlar tiklanishiga umid qilayotganini aytgandi.

O‘zbekistondan Rossiyaga aviareys orqali borish uchun PZR-test natijasi salbiy chiqqan ma’lumotnomaga, shuningdek, davolanish yoki oila bilan birlanish uchun zarur hujjatga ega bo‘lish lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar