“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddalar saqlanishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

12 mar, 10:53 1 951 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddalar saqlanishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra, mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, o‘ng old o‘rindig‘i orqasidagi cho‘ntagi va bardachogidagi hujjatlar orasida ikki dona oq rangli sellofan paket parchalariga o‘ralgan o‘tkir hidli, jigarrang rangli “gashish” giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida E.A. avtomashinasidan olingan moddalar tarkibida faol giyohvand modda - “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddasi “gashish” deb ataluvchi giyohvand vositalar turkumiga kirishi hamda ushbu modda umumiy sof og‘irligi 37,4 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

4 mart kuni Farg‘ona viloyati IIB JQB, Farg‘ona shahar IIO FMB JQB va Rishton tumani IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida, Farg‘ona tumani “Konchilar” mahallasi hududida joylashgan “Shifobaxsh Chimyon” sihatgohi oldida turgan, Farg‘ona tumani “Gulshan” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. boshqaruvida bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan, “Gulshan” mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro K.A. xolislar ishtirokida ushlangan.

Qayd etilishicha, uning yoni ko‘zdan kechirilganda, ustidagi kurtkasi tashqi o‘ng cho‘ntagidan bir dona rangsiz sellofan paketiga o‘ralgan, to‘q jigar rangli, o‘ziga xos hidli, “gashish” giyohvand moddasiga o‘xshash modda topilgan, shundan so‘ng ustidagi kurtka tashqi chap cho‘ntagidan bir dona tortish uchun mo‘ljallangan elektron tarozi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro K.A.dan olingan moddalar tarkibida faol giyohvand modda - “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, “gashish” deyilishi va sof og‘irligi 40 grammga tengligi ko‘rsatilgan. Ekspertizada K.A.dan olingan bir dona elektron tarozi yuza va ichki yon qismlarida “tetragidrokannabinol” qoldiqlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-modda 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, olingan tezkor ma’lumotga asosan, Marg‘ilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan 6 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Marg‘ilon shahar “Do‘stlik” mahallasi Qo‘rg‘ontagi tor ko‘chasida, Marg‘ilon shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 25,273-modda 5-qismi, 276-modda 1,2 qismi, 277-modda 1-qismi bilan sudlangan fuqaro Q.A.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish davomida, fuqaro Q.A. egnida bo‘lgan qora rangli shim o‘ng cho‘ntagidan bir bo‘lak sariq rangli, qog‘ozga o‘ralgan “gashish” giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda daliliy ashyo tariqasida olindi hamda xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Q.A.dan olingan moddalar tarkibida faol giyohvand modda - “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, bu “gashish” deyilishi, sof og‘irligi 0,32 grammni tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.4 mart kuni O‘zbekiston tumani IIB JQB, O‘zbekiston tuman DXX hamda Farg‘ona viloyati IIB TEQKB “Chinobod” tog‘li hududdagi tezkor guruh xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida, 1970 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston tumani “Naymansoy” mahallasida yashovchi fuqaro R.B. yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Uning xonadoni molxonasidan 1 dona 0,5 litrli shisha bankada, yashash xonadoni darvozaxonasi tom qismida 1 dona “Yarko” yozuvi bo‘lgan un qopi ichida rangsiz sellofan paketda hamda yashash xonadonida mavjud bo‘lgan kaptarxona ichida 9 dona turli xil sellofan paketlarga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli “nasha” o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar quritilgan holda topilgan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu moddalar tarkibida faol giyohvand modda - “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddasi “marixuana” giyohvand vositasi ekani va jami sof og‘irligi 997 grammligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan R. B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276 moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

9 mart kuni Farg‘ona viloyati IIB TEQKB hamda Oltiariq tumani IIB TEQKG xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1982 yilda tug‘ilgan, Oltiariq tumani “Jarqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi fuqaro T.F.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 110 gramm “ko‘knori” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olindi. Mazkur holat yuzasidan, T.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar