“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 15:31
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi (foto, video)

06 mar, 23:47 2 871 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi (foto, video) Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini borib ko‘rdi. Yotoqxona va davolash xonalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Davlat rahbari muassasada yashayotgan faxriylar bilan suhbatlashdi.

«Bu yerga kelib, Vatanimiz uchun ko‘p mehnat qilgan sizdek mo‘’tabar insonlar bilan uchrashib turganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, bu yerdagi aziz onaxonlarimizni, shifokor ayollarimizni yaqinlashib kelayotgan 8 mart bayrami bilan tabriklayman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuroniylar davlat rahbariga tashrifi, keksa avlodga e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.

pic.twitter.com/85EEZCWN5o

— Shukhrat (@bankir2102) March 6, 2021

Urush va mehnat faxriylari pansionatida 138 nuroniy davlat ta’minotiga olingan. Prezident bu yerda madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun yangi bino hamda pansionatga tutash 3 gektar maydonda Nuroniylar parkini barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Videokonferensiya tarzida o‘tgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar, ijtimoiy muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi. Mamlakatdagi «Saxovat» va «Muruvvat» uylaridagi sharoitlarni, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

«Bugun boshqacha uchrashuv bo‘ladi. Faqat bu pansionat emas, mamlakatimizdagi barcha 34 ta ‘Saxovat’ va ‘Muruvvat’ uyini yaxshilash choralarini kelishib olamiz. Ularda jami 9 ming 700 o‘rin mavjud bo‘lib, hozirda 8 ming 840 nafar nuroniylarimiz yashab, davolanyapti. Lekin bu uylarga hech kim kirmagan, faqat bayramlardagina eslangan, tartib, e’tibor bo‘lmagan. Bunday insonlar mehr izlaydi, e’tibor izlaydi. Ularning duosini olsak, yurtimizga baraka yog‘iladi», – dedi Prezident.

Shu maqsadda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Sharoiti og‘ir muassasalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, tibbiy uskunalarni yangilash, zamonaviy fizioterapiya bo‘limlari tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

«Avvalgi me’yorlarni qayta ko‘rib chiqib, bu joylarda yashayotgan fuqarolarimizning dorilarini ko‘paytirish, ovqatlari sifatini o‘zgartirish, taom tayyorlashda autsorsing tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Ularning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablarni biriktirish ham mumkin. Bu ham e’tibor, mehr-oqibat. Bemor insonlarga e’tiborni kuchaytirsak, yanayam sog‘ayadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Barcha muassasalarga avtobus sovg‘a qilib, mamlakatning diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlarga sayohatlarini uyushtirish, konsert dasturlari, havaskorlik to‘garaklari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasiga «Saxovat» uylaridagi barcha nuroniylarni har yili bir marta yurtimizning eng yaxshi sanatoriylarida sog‘lomlashtirish vazifasi topshirildi.

Davlat rahbari «Saxovat» va «Muruvvat» uylari xodimlarining fidoyiligini, mehribonligini alohida ta’kidlab, ularning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 0
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Bo‘limlar