“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:54
ЎЗO‘Z

Fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

06 mar, 00:29 2 501 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyatida o‘zini DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, fuqaroni 5000 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 3 mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizasida o‘zini DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan shaxs o‘g‘lini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi uchun 5000 AQSH dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.

Mazkur arizaga asosan Toshkent viloyati IIBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va O‘z xavfsizlik boshqarmasi viloyat bo‘limi xodimlari va DXX xodimlari hamkorligida Chirchiq shahrida tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir davomida o‘zini DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan shaxs — E.M. katta leytenant unvonidagi DXXning xizmat kiyimi (formasi)da arizachidan kelishilgan 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

O‘tkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan E.M. ekanligi va u hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi aniqlangan.

Ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li” 28 apr, 23:33 0
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar