“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:43
ЎЗO‘Z

Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi

04 mar, 10:15 2 011 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 26 fevral kuni 21 yoshli U.A., 18 yoshli G.B. va 30 yoshli I.B. (barchasi ayol) viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada ular A. ismli shaxs ularni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanib, bir yilda uy, avtomashina olishlari mumkinligiga qiziqtirganini aytgan.

Qayd etilishicha, A. ismli shaxs ayollarga o‘zining hisobidan aviachiptalarni sotib olib, ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborish maqsadida yo‘lovchi taksida olib ketayotgan vaqtida Do‘stlik tumani «Manas» YHXB maskanida ushlangan.

Tekshiruv davomida uning yonidan ushbu fuqarolarga tegishli xorijga chiqish pasportlari, aviachipta hamda COVID-19 tibbiy ma’lumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi «b» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda A.B. muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, fuqarolarni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 37
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar