“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:47
ЎЗO‘Z

Viloyatlarda quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilindi

03 mar, 18:28 3 177 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Viloyatlarda quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasida selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Majlis davomida qaysi viloyatda qancha uch-joy qurilishi va narxi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, yil davomida 54 ming uy-joy quriladi. Shundan:

Qoraqalpog‘istonda – 2 290 ta,
Andijonda – 4 665 ta,
Buxoroda – 3 220 ta,
Jizzaxda – 1 670 ta,
Qashqadaryoda – 3 710 ta,
Navoiyda – 1 836 ta,
Namanganda – 4 025 ta,
Samarqandda – 4 479 ta,
Surxondaryoda – 3 989 ta,
Sirdaryoda – 1 414 ta,
Toshkent viloyatida – 4 046 ta,
Farg‘onada – 4 530 ta,
Xorazmda – 3 016 ta
Toshkent shahrida – 7 556 ta.

Davlat rahbari quriladigan uy-joy haqida shunday dedi:
«Biz bugungi kunga qadar bunaqa hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz. Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan o‘zi ichiga kirib, aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerak va bugungi yig‘ilishda ishlarni qanday tashkil etish yuzasidan hisobot beradi.

Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buni ichiga kirmagani ham, rost
».

Prezident shu bilan birgalikda viloyat va tuman hokimlaridan uy narxining bir kvadrat metri 4 million so‘mdan oshmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni so‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar