“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:01
ЎЗO‘Z

Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

03 mar, 17:27 1 414 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi Bugun Toshkentda Elektron ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari o‘rtasida parlament Qonunchilik palatasi deputatlari va yoshlarning O‘zbekiston hukumati a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlat sektori vakillari va rahbarlar guruhini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Begzod Musayev boshqardi.

Muloqot davomida jurnalistlar va hukumat vakillari ijtimoiy sohadagi islohotlarning samaradorligi masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvdan ayrim tezislar:

- 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 188,8 trillion so‘m (22 milliard AQSH dollari) ajratildi;
- “COVID-19”ga chalingan kasallarni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar, karantin majmualari va zamonaviy laboratoriyalarni zudlik bilan qurish uchun 96 million dollar miqdoridagi mablag‘ ajratildi;
- Tibbiyot xodimlari ish haqining 1,5 baravarga oshirildi, tibbiyot markazlari sonining 18 taga ko‘payishi, hududlarda 310 ta maxsus bo‘limlarning tashkil etilishi, “tez tibbiy yordam” sonining 818 tadan 1666 taga ko‘paytirilishi;
- Xitoy bilan hamkorlikdagi vaksinaning ehtimoliy zararli ta’siri minimal ko‘rsatkich 0.8%ni tashkil etdi. Bu boshqa vaksinalarga qaraganda ancha kamroq natija;
- Ta’lim tizimining budjeti so‘nggi to‘rt yil ichida 3,3 baravarga oshirildi;
- 2021 yilda mamlakatimizda 10 ta Prezident maktabi va kimyo, biologiya, matematika va axborot texnologiyalari bo‘yicha 197 ta ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi;
- 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilarining ish haqi 1,5 baravarga ko‘paytiriladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan 400 milliard so‘m ajratiladi;
- Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan umumiy mablag‘ 6,9 trln. so‘mni tashkil etdi. Qiyin turmush sharoitida yashayotgan 8 mingga yaqin kam ta’minlangan ayollar imtiyozli uy-joy bilan ta’minlandi.
Umuman olganda bunday muloqot va uchrashuvlarni boshqa komplekslar bo‘yicha ham o‘tkazilsa yaxshi bo‘lardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar