“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:54
ЎЗO‘Z

DXX «yerfurush»larni ushladi (video)

03 mar, 17:00 2 335 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX «yerfurush»larni ushladi (video) Foto: Videolavhadan skrinshot
Hududlarda noqonuniy yer sotish holatlariga qarshi tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati tumanlaridan birining Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli mevali bog‘dan iborat 1 gektar yer maydonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelgan.

U mazkur yer maydonini tasarruf etish va uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasada, 45 ming AQSH dollariga sotib, noqonuniy daromad orttirishni rejalashtirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur mansabdor shaxs xaridordan so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX va Departamentining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, xususiy tadbirkor Qibray tumanining «Tuzel» mavzesida joylashgan 2 gektar yerni xaridorga 1 mln. AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 10 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida, mazkur shaxs muntazam ravishda noqonuniy yer sotish bilan shug‘ullanib kelganligi va undan ko‘pchilik jabr ko‘rganligi ma’lum bo‘ldi.

Navoiy shahrida joylashgan «Navoiy savdo» AJ rahbari mazkur jamiyatga tegishli 1 gektar yer maydonini aksiyadorlarni xabardor qilmasdan, noqonuniy tarzda 29.700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ladi.

U so‘ralgan puldan 50 mln. so‘m hamda 1.500 AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va Departamentning Navoiy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.

O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash institutining Andijon viloyat filiali xodimi sholikorlik bilan shug‘ullanish uchun Qo‘rg‘ontepa tumani xokimligi zaxirasidan 8 gektar yerni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ajratib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 10 ming 400 AQSH dollari talab qiladi.

U so‘ralgan puldan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX hamda Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur noqonuniy holatlarga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar