“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:40
ЎЗO‘Z

«Zakovat» klubining ilk kastingi: «Bay, bay, bay! Qani edi bu o‘zbek o‘g‘lonlari... »

01 mar, 13:40 2 533 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Zakovat» klubining ilk kastingi: «Bay, bay, bay! Qani edi bu o‘zbek o‘g‘lonlari... » Foto:«Xabar.uz»
«Erta bahor kunlari edi. Saharda bir qarindoshning to‘yiga bobomlar bilan birga bordik. Kun sovuq, endi tong otmoqda edi. Ko‘pchilik aytilgan bo‘lsa kerak, ko‘chada saf tortib, osh yeyishga navbat kutib, odob bilan bobomlarni oldinga kuzatayotgan tumonat odamlarni ko‘rib, hassaga ikki qo‘lini qo‘ygan holda to‘xtadilar. «Bay, bay, bay! Qani edi bu o‘zbek o‘g‘lonlari shu tartibda, shunday g‘ayrat va ixlos bilan Vatan ozodligi uchun jangga kirsa!» deb, tizilib turgan uzun safga zavq bilan uzoq tikilib qolganlarini eslayman» degan edi Alixon To‘ra Sog‘uniyning nevarasi Uvaysxonto‘ra Shokirov.

28 fevral kuni Humo Arena saroyida «Zakovat» intellektual klubi a’zoligiga Toshkent viloyati va shahridan ariza topshirganlar uchun kasting o‘tkazildi. Kastingga qiziqish shu darajada bo‘ldiki, Humo Arenaga kirish eshiklaridan kirish uchun 2 soatlab navbatda turasiz.

Tashkilotchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Zakovat» intellektual klubiga a’zo bo‘lish uchun ariza berganlar soni 13 mingdan oshgan bo‘lib, ularning 11 111 nafari yakka tartibda ariza topshirganlar bo‘lsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent viloyati va shahrida kasting uchun ham minglab yoshlar yig‘ildi.

Foto: Alisher Sadullaev.
Ilm bu cheksiz ummon. Faqat ilmgina sizni yuksaklikka olib chiqa oladi. Tadbirda so‘zga chiqqan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov o‘z nutqda aynan shularni ta’kidlab o‘tdi.

Komil Allamjonov ixtirolar, yangiliklar va inqilobiy o‘zgarishlarni faqat televizordan ko‘rib, ajdodlar bilan faxrlanib yashashdan tashqari, ilmni trendga chiqarish zarurligi haqida gapirdi. «Biz o‘tmishdagi ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Suratlarini devorga ilib g‘urur bilan shularning avlodlarimiz deymiz. O‘zimizga kelganda esa «Kelajagimiz buyuk bo‘lishi»ga ishonamiz. Ammo qo‘limizda na bir arzugulik kashfiyot, na arzigulik loyiha bor».

Mass-media fondi raisining ta’kidlashicha, bolaning shakllanishida oilaviy muhit, ota-onaning o‘rni, ta’siri juda katta: «O‘qib, shahar oberarmiding?», «Podderjka qiladigan kimimiz bor, nimangga ishonyapsan?», «Hadeb kitob titgandan ko‘ra, bor, mol-holga qarasang-chi», degan gaplarni ko‘p oilalarda eshitamiz. Balki o‘zimizga ham aytilgandir bunday gaplar. Shunaqa gaplarni eshitgan bola qaddi bukik, bo‘yni egik, hayotdan hafsalasi pir bo‘lib voyaga yetishi aniq. O‘ziga ishonchi bo‘lmagan, birovga qaram millat ana shunday shakllanadi».

Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Zakovat» intellektual klubi kastingi tadbirida o‘z nutqini Mujodala surasi, 11-oyat «Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur…», bilan o‘z so‘zini boshladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Mirziyoyeva klubga a’zo bo‘lgan xotin-qizlarni alohida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Intelluktual o‘yinlarning tashkil etilishida Mass-media fondi raisi o‘rinbosarining o‘rni beqiyos. «Men oramizda qizlar ham borligidan xursandman. Aziz opa-singillarim, siz bizning faxrimizsiz. Sizda orzu-maqsadlarimiz timsolini ko‘ryapmiz», dedi Mirziyoyeva.

Zakovatning kasting jarayoni ham yuqori kayfiyatda tashkil qilindi. Dastlab 30 ta faktga asoslangan qisqa savollar o‘qib eshittirildi, so‘ngra 10 ta mantiqiy savolga navbat berildi. Tadbir konsert bilan davom etdi.

«Zakovat» turnirlari uchun 1 mlrd 690 mln so‘m ajratilgan. Toshkent shahri va viloyati o‘yinlari uchun ajratilgan yutuq fondi esa 130 million so‘m. Ajratilgan mablag‘ breyn-ring tanlovlari tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan jamoalarga taqdim etiladi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda ayrim salbiy fikrlarga ham sabab bo‘lgani rost.

«Shuncha pulni sarflash nega kerak edi?», «Undan ko‘ra, shu pulga nechta oilaga uy olib bersa bo‘lardi», «Shu pulni ilmiy loyihalarga tikish kerak edi», «Shuncha pul zoye ketdi» kabi sharhlar berildi. Ta’limga sarmoya kiritish - nega bu hech qachon isrof bo‘lmaydi? Soxta iqtisodiyot, millat tannazuli ta’limdan investitsiyani tejashdan kelib chiqadi. Bu xuddi rentgen ko‘zoynagi orqali dunyoga qarashga o‘xshaydi. Ilmga tikilgan pullar bir kunda, bir oyda, bir yilda o‘z natijasini ko‘rsatmasligi mumkin, ammo yillar o‘tib bu o‘z natijasini beradi. Ilmli inson ertaga nafaqat o‘ziga, balki butun millatiga foyda keltiradi.

Ilm yo‘liga sarflangan har qanday mablag‘ yaxshi investitsiyadir. Komil Allamjonov ta’kidlaganidek, biz ilm yo‘lidagi shahdingizni so‘ndirmoqchi bo‘lgan hech kimga quloq solmasligimiz zarur. Zakovat o‘yinlari respublikamiz bo‘ylab davom etadi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar