“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:49
ЎЗO‘Z

«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

01 mar, 11:11 1 816 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi Qayd etilishicha, ushbu shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Faqat bu «xizmat» 15 ming dollarga tushishini ma’lum qilgan.

U 15 ming dollarni sanab olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.

Avvalroq, 2700 dollar evaziga Chimkent shahridagi oliy ta’lim muassasasining iqtisodiyot yo‘nalishiga, 3500 dollar evaziga Buxoro davlat universitetiga, 6000 dollar evaziga Samarqand davlat chet tillar institutiga, 4300 dollar evaziga Andijon davlat universitetining «Jismoniy tarbiya va sport» fakultetiga, 5000 dollar evaziga Qarshi davlat universitetiga, 12 000 dollar evaziga Samarqand tibbiyot institutiga, 8 000 dollar evaziga O‘zbekiston Milliy universitetiga, 5000 dollar evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar