“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:59
ЎЗO‘Z

Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum?

28 fev, 16:39 1 793 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga hukumatning tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.
Unda Prezident granti va «qizlar uchun maxsus stipendiya»ni berish tartibi ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari bakalavriati kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida Prezident granti stipendiyasi joriy etiladi. Bu grant hamda to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan talabalarga ham ko‘zda tutilgan.

Buning uchun talaba imtiyoz shaklidagi har qanday qo‘shimcha ballga ega bo‘lmasligi lozim.

Prezident granti stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ro‘yxati har yili kirish imtihonlari tanlov natijalari e’lon qilingan kundan so‘ng 10 kun muddatda Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalari kesimida taqdim etiladi.

Prezident granti sohibi bo‘lgan birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri mobaynida Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘quv semestri natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho bo‘lgan talabalarga Prezident stipendiyasini to‘lash davom ettiriladi.

O‘quv semestri natijalariga ko‘ra kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lmaganda, Prezident granti sohibi bo‘lgan talabalarga kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibda o‘zlashtirayotgan talabalarga belgilangan miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Navbatdagi o‘quv semestri natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho bo‘lgan, dastavval Prezident granti stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalarga Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan miqdorda stipendiya qayta tayinlanadi va to‘lanadi.

Shuninngdek, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab «a’lo» baholarga o‘qiyotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar talaba qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun oyma-oy to‘lanadigan «qizlar uchun maxsus stipendiya» joriy etiladi.

Bunda, ularga oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan amaldagi stipendiya miqdorlari saqlab qolingan holda qo‘shimcha tarzda bazaviy stipendiya miqdorida maxsus stipendiya belgilanadi.

oliy ta’lim muassasasi tomonidan ushbu stipendiyaga nomzod qizlarni tanlab olish uchun o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari faqat «a’lo» baho bo‘lganligi va ijtimoiy himoyaga muhtojligi kabi mezonlarni nazarda tutuvchi alohida tartib ishlab chiqiladi.

Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talaba qizlarga «qizlar uchun maxsus stipendiya» tayinlash oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan Tartibga muvofiq aniqlanadi va oliy ta’lim muassasasi rektori yoki filial direktori buyrug‘i asosida rasmiylashtiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 0
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar