“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi degan savolga nuqta qo‘ydi

27 fev, 20:13 3 285 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi degan savolga nuqta qo‘ydi So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Rasul Kusherbayev prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi?» degan savollar ko‘p ko‘tarilmoqda. Oliy Majlis deputati bu savolga nuqta qo‘ydi.

«Menda bunday niyat yo‘q, buni bir necha bor aytganman. Birinchidan, bunga xohish yo‘q, ikkinchidan yoshim yetmaydi, uchinchidan bunga insonda uzoq yillik mehnat va bilim tajribasi bo‘lishi kerak.

Agar bugungi kunda yurtdoshlarimizda men haqimda bunday ijobiy fikrlar uyg‘ongan bo‘lsa, bu o‘zgarishlarga birinchi navbatda amaldagi davlat rahbarining olib borayotgan siyosati, depuputatlarga e’tibori, ochiqlik va oshkoralikka yaratib bergan sharoitlari natijasi deb bilaman. Va bu yo‘lda prezidentimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Men O‘zbekistonning farovonligi, rivoji yo‘lida davlat rahbari tomonidan qanday ijobiy islohotlar olib borilayotgan bo‘lsa, mana shu islohotlarning faol ijrochisi, uni joylarga yetkazish va natijasini yuzaga chiqarish yo‘lida o‘zimni xizmatimni sarflayman degan maqsad bilan yashayapman, harakat qilyapman. Buni shu ma’noda qabul qilishlaringizni so‘ragan bo‘lardim», deydi deputat.

Rasul Kusherbayev o‘zining telegram kanalida «bu mavzuning men bilan bog‘liq qismi shu bilan yakunlanadi, deb umid qilaman. Iltimosim bu savolni boshqa ko‘tarmaylik.

Qayerda va qanday vazifada bo‘lmasin yurtdoshlarimizga yaxshilik qilish va mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga bo‘lgan ishtiyoq so‘nmasa bo‘ldi.

O‘zimiz bilgan va xohlagan yo‘lda ketishda davom etamiz», deb yozib qoldirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 16
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 29
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 162
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 310
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar