“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga 1,7 kg giyohvandlik vositalarini oshqozonida olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

26 fev, 21:12 1 356 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga 1,7 kg giyohvandlik vositalarini oshqozonida olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston hududiga giyohvandlik vositalarini ichki a’zolariga yashirgancha olib kirishga bo‘lgan bir nechta urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara-bojxona postiga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi T.S. inson tanasini skanerlovchi qurilma ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida uning ichki a’zolarida yumaloq shakldagi shubhali predmetlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng shifokorlar ko‘magida ushbu shaxsning ichidan 44 dona polietilen o‘ram chiqarib olindi. Mazkur o‘ramlarga sof og‘irligi salkam 430 gr.ni tashkil qiluvchi «opiy» giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlangan.

Holatni mantiqan to‘la yakuniga yetkazish maqsadida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillarini jalb qilgan holda ko‘p bosqichli tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilgan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Natijada giyohvandlik vositalarini ichki a’zolariga yashirgancha olib kirishga uringan boshqa shaxslar ham qo‘lga olingan.

- Tezkor tadbir davomida ‘Ayritom’ chegara-bojxona postiga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni mamlakat fuqarosi Q.K. ham tezkor kuzatuvga olindi va skaner qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxsning ichida ham 34 dona skotchlangan o‘ram borligi fosh bo‘ldi.

Tibbiyot xodimlari ishtirokida chiqarib olingan mazkur o‘ramlar tekshirib ko‘rilganida esa ularning ichida salkam 650 gr. ‘gashish’ giyohvandlik vositasi borligi fosh bo‘ldi.

Oradan biroz o‘tib mazkur postga kirib kelgan fuqaro Q.N.ni ham o‘zidan oldingi sheriklarining qismati kutayotgan edi.

U ham ichki a’zolariga narkotik moddalarni yashirgani bir zumda bodi skaner qurilmasi ko‘magida fosh qilindi. Bu gal 31 dona o‘ram uchun ‘jonli konteyner’ vazifasini o‘tashga uringan shaxs 592,22 gr. ‘gashish’ giyohvandlik vositasini shu zaylda olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shundan so‘ng tezkor tadbirlar Toshkent shahrida ham davom ettirilib, poytaxt mehmonxonlaridan birida mazkur narkotik moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs ham qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 1672,22 gramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
, – deyiladi qo‘mita axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 59
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 32
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 557
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 50
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar