“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlandi

26 fev, 10:00 2 016 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlandi Foto: SWNS
O‘zbekistonda topilgan tosh qoldiqlarida avvallari fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavr turi aniqlandi. Dzharatitanis kingi nomini olgan ushbu dinozavrning uzunligi salkam 20 metrni tashkil etgan va u diplodok — sayyorada yashagan eng katta jonzotning qarindoshi hisoblanadi, deb yozadi Daily Mail.

Ushbu dinozavrlar Osiyo qit’asining eng g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qit’alarga hali ajralmagan paytda yashagan. Uning xivichsimon dumi va uzun bo‘yni sabab baland daraxtlardan bemalol ozuqa qidira olgan.

Dinozavrga tegishli bo‘lgan dum suyagi Qizilqum cho‘lidagi «dinozavrlar qabristoni» deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdan umurtqali hayvonlarning «asosan parchalangan, ammo ko‘pincha ajoyib holatda saqlanib qolgan skelet qoldiqlari» topilgan.

Foto: Shutterstock
Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va o‘tkir tishlarga ega bo‘lgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. Uning massiv karkasi to‘rtta ustunsimon tayanchda joylashgan. U bundan 145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin tugagan Bo‘r davrida yashagan.

Topilma nafaqat yangi tur, balki rebbaxizavridlar oilasidagi yangi turkum mavjudligini bildiradi. Rebbaxizavridlar — Yer yuzida hozirga qadar yashagan eng yirik jonzotlar hisoblanadi. Rebbaxizavridlarning barcha qoldiqlari Janubiy Amerikaning janubiy qismidan shimoli-sharqiy qismiga qadar va Afrikaning shimoli-g‘arbidan Yevropagacha bo‘lgan ingichka qismidan topilgan, biroq Osiyoda unga hech qachon duch kelinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Jaraquduqdan topilgan (Qizilqum cho‘li) 90-92 million yil oldingi dinozavrga tegishli qoldiqlar tirannozavrlarga oid jumboqni yechishga yordam berishi aytilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 364
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar