“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:55
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi

25 fev, 23:30 1 740 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi 2021 yil 22 fevral kuni soat 17:30 larda Toshkent shahri Sergeli tumani Qo‘yliq dahasida joylashgan avtomashina yuvish shahobchasida 29 yoshli Ziyoda R. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida qoldirgan. Yollanma ishchi 37 yoshli Qahramonjon E. kaliti bilan qoldirib ketganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu avtomashina Andijon viloyati YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida shikastlangan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Qahramonjon E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Qahramonjon E.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolarni moddiy boyliklariga befarq bo‘lmaslikka, o‘zi tanimagan shaxslarga avtomashinani ishonib topshirmamaslikka chaqiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 0
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 0
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar