“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:28
ЎЗO‘Z

Jinoyat izi: 10 ta barmoq izidan uchtasi begonaniki bo‘lib chiqdi

21 fev, 20:30 2 441 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jinoyat izi: 10 ta barmoq izidan uchtasi begonaniki bo‘lib chiqdi Foto: IIV
Kogon shahrida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati «SONDA» avtomatlashtirilgan identifikatsion tizim orqali olib borilgan kriminalistik tadqiqotlar natijasida fosh etildi, deya xabar berdi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

2021 yil 11 fevral kuni Kogon shahar Uzumzor ko‘chasida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan L.N. shahar Ichki ishlar bo‘limiga ariza orqali murojaat qildi. Unga ko‘ra 2021 yil 8 fevral kuni soat 18:00 dan 11 fevral kuni soat 15:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidan 2,5 million so‘mlik televizori, 150 ming so‘mlik telefonini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Mazkur murojaatga aniqlik kiritish maqsadida shahar Ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilganda, voqea joyidan 10 dona qo‘l barmoq izlari olingan.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borildi.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan 10 dona qo‘l barmoq izlari ustida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan turli kriminalistik tadqiqotlar o‘tkazilib, barmoq izlarining 3 tasi o‘zga shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlandi.

Mutaxassislar tomonidan bo‘limda mavjud «SONDA» avtomatlashtirilgan identifikatsion tizim orqali olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur 3 dona qo‘l barmoq izlari Kogon shahar Qorovulbozorshoh ko‘chasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan A.O‘. ismli shaxsga tegishli ekanligi tasdiqlandi.

Shundan so‘ng shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, haqiqatan ham, mazkur o‘g‘irlik jinoyatini A.O‘. ismli shaxs o‘zining jinoiy sherigi Kogon tumani Xo‘ja Yakshaba mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan T.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlanib, gumon qilinuvchilardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan rangli televizor ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Hozirda ushbu gumon qilinuvchilarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, boshqa shu kabi fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorlik darajasi o‘rganilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 0
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar