“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?!

19 fev, 18:49 2 462 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Prezident korteji notekis yo‘llardan yurib, Namangan shahridagi «Bunyodkor» mahallasiga borib to‘xtagani ma’lum qilindi.

Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.

Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda bo‘ldi, deb yozadi prezident matbuot xizmati.

«Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratyapmiz, katta vakolatlar beryapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar?» — deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.

«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz», — dedi davlat rahbari.

Shu yerga to‘plangan aholi bilan ham muloqot bo‘ldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yo‘qligini, yo‘llar ta’mirga muhtojligini aytdi.

«Men shuning uchun kelganman», — dedi Prezident.

Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar