“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:59
ЎЗO‘Z

Yangiyo‘lda homilador ayolni bog‘lab qo‘yib, bosqinchilik uyushtirgan 5 kishi qo‘lga olindi

16 fev, 23:09 2 255 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangiyo‘lda homilador ayolni bog‘lab qo‘yib, bosqinchilik uyushtirgan 5 kishi qo‘lga olindi Foto: IIV Tergov departamenti
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 20 yoshli qizning uyida bosqinchilik qilgan besh kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 13 fevral kuni soat 03:00 larda noma’lum shaxslar Yangiyo‘l shahar, Ma’rifat ko‘chasida joylashgan 20 yoshli qiz N.Y.ning uyiga devordan oshish yo‘li bilan kirgan. Ular yuzlariga niqob va qo‘llariga rezina qo‘lqop kiygan holda qizni zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, yuz qismiga bir marotaba urib, og‘zini skotch bilan berkitgan. Qo‘shni yotoqxonada uxlab yotgan homilador 25 yoshli ayol Y.D.ning ham qo‘llarini skotch yordamida bog‘lab qo‘ygan.

Foto: IIV Tergov departamenti
So‘ng ushbu ayollarga tegishli jami 1320 dollarlik qimmatbaho buyumlarni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: IIV Tergov departamenti
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Zangiota tumani, «Zangiota» va «O‘rtaovul» mahallalarida yashovchi 26 yoshli Q.T., 33 yoshli L.F., 24 yoshli X.S., 24 yoshli D.T. va 23 yoshli A.A. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar